«O’zlikni anglash», «Milliy o’zlikni anglash» va «Milliy g’oya» uzviy bir-biri bilan bog’liq. Mustaqillik sharoitida o’zbek xalqining o’z-o’zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, chorakam bir asr davomida hukmronlik qilgan istibdod nazariyasi va mafkurasi o’z-o’zini anglash hissini yo’qotib bordi.