Uslubiy ko’rsatma QMII ning Muhandis texnika fakulteti 5310600-“Er usti transport tizimlari va ularni ekspluatasiyasi” bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun kimyo fanidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, ko’rsatmada talabalarning kimyoga oid bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida laboratoriya ishlari mavzulari yoritilgan.
Uslubiy ko’rsatmada bajariladigan har qaysi laboratoriya ish mavzusi uchun avval qisqacha nazariy ma`lumot berilib, so’ng nazorat savollari berilgan. Nazariy ma`lumot oz bo’lishiga qaramay talabalarning diqqatini bajariladigan amaliy ishga bevosita aloqador bo’lgan materialga jalb qiladi va talabalarga kimyoviy amaliyotda ishlash uchun zarur bo’lgan minimum tayyorgarlik beradi.