O`zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1906 y.), Farғona (1958 y.) va Muborak (1971 y.) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997 yil avgustda ishga tushirilgan Buxoro neft va gazkondensatini qayta ishlashga mo`ljallangan zavod va 2001 yilda SHo`rtan gaz kimyo majmuasi qo`shildi. Umuman O`zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, 19 – asr oxirida Farғona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida1904-1906 yillarda O`zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Zavod asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo`ljallangan bo`lib, hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1.5 mln.tonnani tashkil etadi:.