Ichki yonuv dvigatellariga (IYOD) barcha ish jarayonlari (yoqilg’ining yonishi, issiqlik chiqishi va uning mexanikaviy ishga aylanishi) dvigatel ish silindrining ichida sodir bo’ladigan issiqlik dvigatellari kiradi. Bu dvigatellarda yoqilg’ining yonish mahsulotlari ish jismi hisob lanadi. (1-rasm) da ichki yonuv dvigatelining sxemasi tasvirlangan. Silindr 1 ning kallagida kirish 3 va chiqish 4 klapanlari hamda dvigatelning turiga qarab, yondirish svechasi yoki yoqilg’i purkash forsunkasi joylashadi. Porshen 2 ning ilgarilanma harakati krivoship -shatunli mexanizm 5 yordamida aylanma harakatga aylanadi.