Ovqat hazmi organlarining tuzilishi va uning funksiyalari oziq-ovqatlarning sifati va miqdoriga moslashgan. Ovqat hazmining evolyusiyasida sekresiyaning ikki tipi farqlanadi: morfokinetik va morfostatik. Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida juda ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarning bitta hujayrasi ham fagositoz, ham sekresiya funksiyalarini bajargan – morfokinetik tip, bunday hujayralarni xalqali chuvalchanglar va bug’imoyoqlilarda uchratish mumkin.