Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko’ndalang-targil va silliq muskullarga bo’linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo’lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko’ndalang-targil muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta`minlaydi.