Glomerulonefrit va pielonefrit buyrak va siydik yo’llarini yallig’lanish kasalligi bo’lib kattalar va bolalarda uchraydi. Pielonefritning o’tkir va surunkali xillari farqlanadi. O’tkir pielonefnefrit buyrak kasalliklarini 14-22% ni tashkil etadi, surunkali pielonefrit yoshi kattalarda ko`proq uchraydi. Ilmiy ma’lumotlarga ko’ra har bir 1000 nafar boladan 29 tasida pielonefrit kasalligi kuzatilgan. Moxochkaladagi shisha zavodida ishlaydigan 500 kishidan 81 nafari surunkali pielonefrit bilan og’riganligi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.