Tabiatda organik birikmalarning shunday katta bir guruhi mavjudki, ularning tarkibida uglerod atomi bilan suv ma’lum bir nisbatda bo’ladi, ya’ni Cn(H2O)m. Bular oksialdegidlar yoki oksiketonlarga o’z xususiyatlari bilan yaqin turadilar. Uglevodlar 2 katta guruhga bo’linadilar: 1) monosaxaridlar (monozlar) va 2) polisaxaridlar (poliozlar). Polisaxaridlar o’z navbatida ikkiga – shakarsimon (oligosaxaridlar) va shakarga o’xshamagan polisaxaridalarga bo’linadi.