“Kinotasvir texnologiyasi” fanidan tuzilgan ushbu qо`llanma san’at va madaniyat oliy о`quv yurtlari uchun mо`ljallandi. Unda kinotasvirning yoritilish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishning ekspozitsion usuli, kinotasvirga olishda yoritishning eksponometrik nazorati, kinotasvirga olish jarayonida ranglarni uzatishda kul rang shkala yordamida nazorat qilish va raqamli texnologiya kabilarga tо`xtalindi. О`quv qо`llanmada kinooperatorlik san’atida qо`llaniladigan ma’lumotlar bо`lib talabalarga “Kinotasvir texnologiyalarini” yetkazish imkonini beruvchi bо`limlaridan iborat. О`quv qо`llanmadan barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin.