Berilganlar bazasini boshqarish tizimi MS Aссess- Berilganlar bazasini
boshqarish tizimi Accessning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o`rganib uni
ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy
mashg`ulotlarni shu berilganlar bazasini boshqarish tizimida tashkil etish tavsiya
qilinadi. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning
darchasi va ish yurituvchi asosiy ob`ektlari bilan yaqindan tanishishga o`tamiz.
Microsoft Access ish darchasi- Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access
piktogrammasi ustida sichqoncha chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access
darchasi paydo bo`ladi.