Darajali qatorning yaqinlashish sohasi markazi koordinat boshida yotadigan intervaldan iboratdir. Darajali qatorning yaqinlashish intervali deb shunday -R dan +R gacha bo’lgan intervalga aytiladiki, bu intervalning ichida yotadigan har qanday x nuqtada qator absolyut yaqinlashadi, intervalning tashqarisida yotadigan istalgan x nuqtada esa uzoqlashadi.