Hozirgi sharoitda xo`jalik aloqalarini baynalmillashtirish jarayoni kuchaymoqda va har bir alohida davlat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mustaxqamlashda tashqi
iqtisodiy omil muhim rol o`ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari va ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot barqarorligini va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi.Jahon xo`jaligi milliy xo`jaliklar va ular o`rtasidagi munosabatlar majmuidir. Jahon xo`jaligini tashkil etuvchi davlatlar bir nechta guruhlarga bo`linib o`rganiladi.
Yagona iqtisodiy qonunlar asosida rivojlanishiga qaramasdan, dunyodagi davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tasnifining turli shakllari bor