Massasi bir xil bo’lgan ikkita turli moddani bir xil temperaturagacha qizdirish uchun turli miqdorda issiqlik sarflash kerak bo’ladi. Masalan, suvni qizdirish uchun xuddi shu miqdordagi temirni o’sha temperaturaga qadar qizdirishga ketadigan issiqlikka qaraganda taxminan to’qqiz marta ko’p issiqlik sarflashga to’g’ri keladi.