Jismlarni atrrf muxit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish teskari issiklik sikli bо`yicha ishlaydigan sovitish kurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Sikish ishi kengaytish ishidan ortik bо`lgan va keltirilgan ish xisobidan issiklik past temperaturali manbadan yukori temperaturali manbaga uzatiladigan sikl teskari sikl deb atalishini eslatib о`tamiz. Past temperaturalar turli usullar bilan xosil kilinadi. Ba’zi moddalar fazaviy о`tish (erish, buglanish, sublimatsiya) paytida past temperaturalarda xam kо`p mikdorda issiklik yutadi. Bu esa ulardan sovuk olish uchun foydalanish imkonini beradi.