O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Zamonaviy psixologik-pedagogik fanlar erishgan yutuqlarga binoan istalgan o’quv jarayoni uchta bir-biri bilan bog’liq qism (komponent)dan iborat: 1. Motivlar (M) 2. O’quvchining o’qish (o’zlashtirish) faoliyati (O’F); 3. O’quvchining bilish faoliyatini boshqarish (B). Boshqarish vazifasini muallim yoki texnik vositalar bajaradi. Demak, didaktik (o’quv) jarayonni (DJ) quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin: