Mamlakatimizni obod, xalqimizni farovon qilish davlatimizning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu nihoyatda katta vazifani bajarish keng qamrovli masalalarni hal etishni taqozo etadi. Ana shunday muhim masalalardan biri har tomonlama kamol topgan yuqori malakali mutaxasssilarni tayyorlashdir. Buning uchun shunga mos ta’lim va tarbiya ishlarini bajarish, o’quv jarayonini rivojlangan demokratik davlatlarda olib borilayotgan o’quv jarayoniga tenglashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga kengroq tadbiq etish zarur.