Amir Temurning asosiy harbiy yurishlarida harbiy taktik san’atning rivojlanishi. Sohibqironning sarkardalik san’ati.
Amir Temurning sarkardalik iste’dodi uning To`xtamishga qarshi va Hindistondagi yurishlari chog`ida hamda turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi kurashlarida yaqqol namoyon bo`ldi.
Amir Temurning To`xtamishga qarshi uchta yurishidan (1389, 1391, 1395 y.) ikkita oxirgisi, ayniqsa 1395 yilda uni Terek daryosi bo`yida tormor etilishi harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan katta e’tiborga sazovordir.