Ma`ruzalar matni to’plami tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, mexanika va molekulyar fizika bo’limidagi asosiy tushunchalarni o’z ichiga olgan. Bo’limni o’zlashtirish uchun asosiy adabiyotlar ro’yxati, mexanika va molekulyar fizika bo’limini tarkibini tashkil etgan asosiy mavzular, shu bo’limga tegishli savollar tizimi va tayanch iboralar berilgan.