Mamlakatimiz amalga oshirilayotgan ta’lim isloxotlarinining hozirgi bosqichidagi muhim vazifalar qatorida quyidagilarni alohida ko`rsatish lozim: ta’lim sifatini oshirish; o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni kengroq joriy qilish; o`quv va uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish. Oliy ta’lim tizimidagi o`quv jarayoni sifatida ta’minlovchi asosiy omillardan biri bu o`quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning sifati va pedagogik xamda metodik talablarga muvifiqligi.