Turizmda marketingni tizim sifatida ko`rib chiqadigan bo`lsak, albatta uning ma`lum tarkibiy qismlari: maqsadlari, vazifalari va funksiyalarni hisobga olishimiz kerak. Ularning o`rtasida bo`lgan o`zaro aloqani va o`zaro ta`sirini ajratib va o`rganib, turistik korxonaning marketing konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy chegaralarni ko`rsatish mumkin.