To`plam matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo`lib, u matematika faniga nemis matematigi Georg Kantor (1845-1918) kiritilgan. To`plam tushunchasi eng sodda tushunchalardan biri bo`lgani uchun o`nga ta`rif berilmaydi. Odatda ob`yektlarni (predetlarni) birgalikda olib qaraganimizda to`plam tushunchasiga kelamiz. Lekin bu yuzaki qarash bo`lib ayrim olingan birta elementning o`zini ham to`plam deb qarash mumkin.