O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi talablaridan kelib chiqib, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 1996-yil 14-noyabrdagi 267-sonli buyrug`iga binoan oliy o`quv yurtlari talabalariga “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursi o`tib kelinmoqda.