Gullash ekologiyasi (antekologiya)-o`simliklarning gullash biologiyasi changlanish uchun tashqi muhit omillariga moslashuvlarini o`rganadigan fandir. O`simliklarning changlanishi, umuman ularning changlanishi natijasida gulli o`simliklarda urug` va meva hosil bo`lishini bilasiz. Gulli o`simliklargagina xos bo`lgan gul generativ organ bo`lib, gulli o`simliklarning yer yuzida tarqalish imkonini bergan, ya`ni jinsiy ko`payish natijasida hosil bo`lgan urug` va meva yordamida o`simliklar keng tarqalgandirlar.