Mazkur o`quv qo`llanma Oliy ta’lim muassasalarining «Bastakorlik san’ati», «Cholg`u ijrochiligi» (xalq cholg`u asboblari) va «Texnogen san’at» (musiqiy ovoz rejissyorligi) - bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun o`zbek va rus tillarida yozilgan. «Cholg`ushunoslik» fanidan olgan nazariy bilimlarni talabalar Cholg`ulashtirish fanining amaliy mashg`ulotlarida mustahkamlab, ijodiyotning shu muhim turini ham mukammal o`rganib olishlarida katta yordam beradi. Qo`llanma «Cholg`ulashtirish» fanidan dars berishni boshlayotgan yosh mutaxassislarga ham dastlabki uslubiy yordam vazifasini bajarishi mumkin.