Chorvachilik qishloq xo’jaligining ajralmas bir qismi bo’lib, xalq xo’jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo’lgan sut, go’sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko’rsatgich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xom ashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi.