Qishloq xo`jaligining sanoat, transport, qurilish, aloqa, tayyorlov, ta`minot va savdo tarmoqlari bilan uyg`unlashuvi natijasida Agrosanoat majmuasi shakllandi. Uning asosiy maqsadi qishloq xo`jalik mahsulotlari yеtishtirish, ularni tayyorlash, qayta ishlash va istе`molchilarga yil davomida uzluksiz yеtkazib bеrishdan iborat.