Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.