Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari haqida umumiy ma’lumot beruvchi “Adabiyot nazariyasi” kirishdan tashqari to’rt bo’limdan tashkil topgan. 1-bo’lim “Badiiy adabiyot haqida ma’lumot” deb nomlangan. Bu bo’limda “Badiiy obraz”, “Badiiy adabiyotda tipiklashtirish”, “Badiiy adabiyotning g’oyaviyligi” o’rganiladi.Badiiy adabiyotda dunyoqarash, g’oyaviylik, xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik haqida ham fikr yuritiladi.