Ushbu ma’ruzalar matni hozirgi zamon fizikasi asoslarini o`z ichiga olgan. Unda maxsus nisbiylik nazariyasi, klassik va kvant statistikalari, qattiq jismning kvant nazariyasi va elementar zarralar haqida hozirgi zamon tasavvurlari, shuningdek, hozirgi zamon va klassik fizikasining organik o`zaro aloqasi va izchilligini ko`rsatishga salmoqli e`tibor ajratilgan.