Ma’ruzalar matni oziq-ovqat sanoatida sovitish texnikasining ahamiyati, vazifasi, past harorat olishning oddiy usullari bilan tanishtiradi. Sun’iy sovuqlikning mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashdagi o’rni yoritilgan. Ma’ruzalar matnida eng oddiy sovitish mashinasining ishlash prinsipi tushuntirilgan.
Ma’ruzalar matni 5A520700-«Texnologik mashina va jihozlar» o’quv yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan.