Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog`i bo`lib, sanoatning xududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganadi.