Mavzuning dolzarbligi. Maktab ta’limi tarixida nimani o’qitish va qanday o’qitish masalalari asosiy muammolardan biri bo’lib keldi va shunday bo’lib qolmoqda. Bular garchi alohida-alohida masalalar sanalsa-da, ammo aslida bir-biri bilan chambarchas bog’langandir. Ta’lim samaradorligi ma’lum darajada ana shu ikki masalaning o’z yechimini to’g’ri topa olishi bilan belgilanadi.