Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limoti kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o`rin egallaydi. Insoniyat o`zining ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, kontsеptsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqaro ravnoq topgan, ba`zida tushkunlikka uchragan.