Ishchi dastur Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakulteti uslubiy kengashi tomonidan 2006 yilda tasdiqlangan va tadbiq qilishga jоriy etilgan o’quv dasturlari asosida ishlab chiqildi.
Mazkur dastur bakalavr akademik darajasini beruvchi 5220100 - filologiya ixtisosligi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib 194 soatni tashkil qiladi.
Ishchi dastur 1-2 semestr davomida 40(26+14) soat ma’ruza, 20(14+6) soat amaliy mashg’ulot, 48(32+16) soat laboratoriya mashg’uloti, 86 (52+34) soat mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan. Ta’lim sifati nazorati reyting sistemasi asosida amalga oshiriladi.