Ma’ruza matnlari talabalarga belgilangan mavzu bo’yicha yo’nalish berishga mo’ljallangan bo’lib, shu yo’nalishlarga tayangan holda talabaning mavzu bo’yicha bilimlarini mustaqil ravishda chuqurlashtirilishi ko’zda tutuladi. Tala-balarning ma’ruza mashg’ulotlarida olingan bilimlari darajasi amaliy mashg’ulotlar davomida sinaladi. O’quv yili mobaynida talabalar 2 marta kollekvium, 2 marta oraliq nazorat boshqichida muayyan mavzuni yozma bayon qilib berishlari va 2 marta tayanch tushunchalari asosida test topshiradilar. Shuni nazarda tutib har bir mavzudan so’ng tayanch tushunchalar berilganki, talaba ularning bir-birlari bilan aloqasini tushunib olishlari zarurdir.