Ushbu o’quv qo’llanma oliy matematika fani barcha mutaxassisliklarining bakalavriati I-kurs, I va II-semestrga mo’ljallab tuzilgan. Ishlatilayotgan yangi ishchi dasturlarning hali tajribadan to’la o’tmaganligi sababli, keyinchalik mumkin bo’lgan o’zgarishlarni ham iloji boricha e’tiborga olgan holda mavzularni misol va masalalar bilan yoritishni afzal ko’rdik.