Ushbu ma’ruzalar matni «Kimyoviy texnologiya» yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi peda-gog bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, «Malakaviy ta’lim metodikasi» fani kasb ta’limi yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalariga ta’limning amaliy va metodologik asoslarini chuqur va izchil o’rgatib boradi. Bu fanni mukammal egallagan mutaxassislar kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarish prinsiplarini mustaqil echa oladigan kasb egalari hisoblanadi.