Mazkur qo’llanmada umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zbek tili o’qitish metodikasiga oid ma’ruza matnlari berilgan. Ma’ruza matnlarida ona tili o’qitish sohasida yuz bergan yangicha ta’lim usuli va mazmunlarini yoritishga harakat qilindi.
Maktabda ona tili o’qitish usullariga doir barcha masalalarni ushbu mo’jaz qo’llanma qamrab olishi qiyin, albatta. Shuning uchun iloji boricha asosiy e’tibor ona tili o’qitishning eng birlamchi mohiyati, maqsadi, vazifalari va usullariga qaratildi.