Marketing – inglizcha market (bozor) so`zidan kelib chiqqan marketing kalka – so`zidir. Uning so`zma-so`z tarjimasi «bozorni tuzish» yoki «bozorni tashkil qilish» ma’no-larini bild-iradi.
Marketing XIX-XX asrlar bo`sag`asida AQShda o`sha vaq-tdagi yirik kompaniyalarning o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish davomida paydo bo`lgan muammolarni hal qilish yo`lida olib borgan amaliy tadqiqotlari shaklida vujudga kelgan. Shundan so`ng marketing bo`yicha mutaxassislar amaliy masalalardan umumiy nazorat muammolariga o`tdilar va XX asrning boshlaridayoq marketing bo`yicha dastlabki universitet darsliklari paydo bo`ldi, universitet kurslarining birinchilari vujudga keldi.