Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fani xuquqshunoslar o`rganadigan fanlar orasida o`z o`rni va mavqeiga ko`ra o`ta muhim fandir. Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo`yar ekan «demokratiya», «siyosat», «davlat», «huquq» xamda terrorizmga qarshi kurash kabi masalalarga yangicha yondashish va o`rganishga katta e`tibor berilmoqda. Dunyoda bugun sodir bo`layotgan siyosiy va hukuqiy voqiyliklarni to`g`ri tushunish va ularni ilmiy tavsiflash avvalambor shu sohaning tarixini yaxshi o`rganishni taqozo etadi.