"2015 yil 16 yanvarda utkazilgan respublikani ijtimoiy-iqtisodoy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga muljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bo’yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yilga va keyingi yillarda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishning strategik vazifalari belgilab berildi.
Yangi tarkibdagi hukumatning asosiy e’tibori qaratilashi lozim bo’lgan vazifalarning mazmun-mohiyati va ularni amalgam oshirish mexanizmlari chuqur ochib berildi. Jumladan, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgartirishlarni,sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilishni amalga oshirish doirasida- sanoatni yanada rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishni taminlaydigan dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Xususan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish ,modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taminlash chora-tadbirlar dasturini tayyorlash doirasida jami qiymati 38 milliard dollorga teng bo’lgan 870ta yirik invetsitsiya loyihasi ro’yxati shakllantirildi.
"