Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo’ljallan-gan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi SHu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo’lgan “ bo’lib tashla , hokimlik qil ” qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq etish yo’lini tutdi.Sovet mutasaddilari o’zlarining niqoblangan soxta ishlari ,yolg’on-yashiq va’dalari bilan mazlum millat kishilarini o’z hukmlariga bo’ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g’oyasini yo’qqa chiqarishga intildilar.