Mazkur kitob ichki kasalliklar propedevtikasi o`quv rejasiga mos ravishda yozilgan va III-kurs talabalariga mo`ljallangan. Shu bilan bir qatorda u an’anaviy yozilgan qo`llanmalardan bir muncha farq qiladi. Unda ichki kasalliklar propedevtikasi fanining negizini tashkil etuvchi bemorlarni ob’ektiv tekshirish ko`nikmalarini bajarish rangli tasvirlarda ko`rsatilgan va jadvallar ko`rinishida keltirilgan. Bunday yondashish talabalarni amaliy ko`nikmalarni mukammal egallash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek, kitobda keng tarqalgan kasalliklar va zamonaviy asbobiy tekshirishlar to`g`risida ham III-kurs talabalari o`zlashtirishi lozim bo`lgan darajada axborotlar berilgan. Bularning barchasi qo`llanma ilk bora klinikaga qadam qo`ygan bo`lg`usi shifokorlarning yaqin yordamchisiga aylanadi deyishga asos bo`ladi.
Qo`llanma Sog`liqni saqlash vazirligi fan va o`quv yurtlari Bosh boshqarmasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashi tomonidan lotin va kirill alifbolarida nashrga tavsiya etilgan.