O’zbekistonda ekologik maktablarning paydo bo’lish tarixini o’rganish, mazkur muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, qisman tajriba va ilmiy adabiyot ma’lumotlari asosida o’rganish.Umuman ekologik ahvolni soѓlomlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va shunga o’xshash omillarga boѓliq. Bularning barchasi orasida ekologik ta’lim va tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir.
Ekologik ta’lim o’sib kelayotgan yoshlardan boshlash lozim. Eng avvalo biz ekologik ta’limni oila tarbiyasidan boshlashimiz kerak, keyin bolalar boѓchasiga, maktablar, litsey va kollejlarda so’ngra oily o’quv yurtlarida amalga oshirish lozim.
Shu yerda Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning ushbu so’zlarini keltiish muhim deb hisoblaymiz: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakat aholisi juda katta ekologik havfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir” – deb bejizga aytmaganlar.