A. de sent-ekzyuperi ijodi va gumanizm masalalari mazmun mohiyati ochib berilgan.Hozirgi ilm-fan yuksak darajada rivojlangan va axborot texnologiyalari tezkor sur’atlarda taraqqiy etayotgan davrda ham badiiy adabiyotning insonlar hayotidagi o`rni katta bo`lib qolmoqda. Bashar sayyorasidagi turli urushlar, ekologik falokatlar, terrorizm, giyohvandlik singari global muammolarni bir millat yoki mamlakat miqyosida hal etish mumkin emasligi oydek ravshan bo`lib turibdi. Bunday davrda dunyo xalqlari va mamlakatlaridan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda integratsiyalashuv talab etilmoqda. Sanoat, xususan adabiyot borasida esa adabiy jarayondan boxabardor bo`lib borish, milliy koloritni saqlash barovarida jahon adabiyotidagi turli uslub va an’analarni sintezlashtirish, san’at asarlarini barcha uchun tushunarli bo`lishini ta’minlash muhim masala hisoblanadi.
Hozirda o`zbek adabiyoti dunyoning turli burchaklarida o`qib o`rganilibgina qolmay, bu sohada ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda. O`zbekistonda ham so`nggi yillarda jahon adabiyoti vakillari asarlarini o`rganish, ma’lum bir mualliflar ijodi bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga e’tibor va qiziqish bir muncha oshdi.
Turli xil davr, tuzum, mamlakat va sharoitda yashab ijod etgan yozuvchi hamda shoirlar asarlarida umumbashariy muammolar talqinini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada qardosh va xorij adabiyotini o`rganish, ularni o`z adabiyotimiz bilan qiyoslash orqali mushtarak jihatlarini aniqlash - adabiyotlarni bir-biriga yaqinlashtirish asosiy o`rin egallaydi.