O`rin-joy otlarining funksional-stilistik xususiyatlari
Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan
so’ng, barcha sohalarda bo’lganidek, o’zbek tilshunosligida ham katta-katta
yutuqlarga erishila boshlandi. Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy
masalalarni tobora chuqurroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar
tashlanmoqda, amaliy jihatdan qator ishlar yuzaga kelmoqda. Ko’plab doktorlik va
nomzodlik dissertatsiyalarining muvaffaqqiyatli himoya qilinayotganligi, bir
qancha monografiyalarning olam yuzini ko’rganligi, yuzlab maqolalarning e’lon
etilganligi shundan dalolat beradi. Turli tipdagi, ya’ni bir tilli, ikki va undan ortiq
tilli, umumfilologik yoxud terminologik lug’atlarning nashr etilganligi ham
tilshunoslarimiz erishgan yutuqlarni yorqin namoyish eta oladi.