Voleybol o`yini 1895-yilda AQSHning Massachusets shtatining Xoliok shahridagi kollejining jismoniy tarbiya o`qituvchisi Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan bo`lib, o`rta va katta yoshdagilarga mo`ljallangan edi. U 197sm balandlikda ilib qo`ygan tennis to`ri ustidan basketbol to`pini oshirib o`ynardi. Bu o`yin hammaga ma`qul keldi. Professor Alfred Xalstedi 1896-yil Skringfild shahrida o`tkazilgan xristian yoshlari uyushmalari konferensiyasida bu o`yinni „Voleybol" deb atadi. Bu inglizcha so`z bo`lib, „Uchuvchi to`p" degan ma`noni bildiradi. Voleybol o`yini O`zbekistonga 1925-1926-yillarda kirib kelgan.