Magistrant Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich tomonidan tanlab olingan “Turkiston matbuoti tarixi ( XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragi )” nomli magistrlik dissertatsiyasi dolzarb mavzuga bag’ishlangan. Shuning uchun, Turkiston matbuoti tarixini to’laqonli yoritish, XX asr boshlarida vujudga kelgan o`zbek tilidagi dastlabki mustaqil milliy nashrlar va ularni tashkil etilishida milliy ziyolilar – jadidlarning tutgan o`rni, ularning amaliy faoliyatlarini tadqiq etish va yoritish magistrant tomonidan asosiy maqsad qilib beligilangan.