Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamiz iqtisodiyotida ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda. Iqtisodiy o`sishga katta miqdorida investitsiyalar ajratilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o`zlashtirilishi bilan bog`liq bo`lib kelmoqda.