"Non isi” mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi
II. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad- Bobomiz Alisher Navoiy merosini o’rganishga doir bilimlarni mustahkamlash. Navoiy hayotiga doir “Non isi” rivoyati bilan tanishtirish.
b) Tarbiyaviy maqsad- O’quvchilarga nonning aziz ne’mat ekanligini tushuntirish.
c) Rivojlantiruvchi maqsad-Ravon va qiroat bilan o’qish ko’nikmasini rivojlantirish.
III. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
IV. Dars uslubi: Suhbat, savol-javob
V. Darsning jihozlari: A.Navoiyning surati, turli xildagi nonlar rasmi, mavzuga mos rasm.